SUV POLOSI

SUV POLOSI, vaterpolo — suvda, yaʼni toʻgʻri burchakli hovuz (30×20 m, chuqurligi kamida 1,8 m)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; xar jamoada 7 tadan oʻyinchi qatnashadi. Hovuzga 3×0,9 m lik 2 ta darvoza oʻrnatiladi. Oʻyinning maqsadi — raqib darvozasiga iloji boricha koʻp toʻp tushirish. Suv polosi toʻpining aylanasi 68—71 sm, ogʻirligi 400—450 gr. 1967-y. dan boshlab plastmassa toʻp bilan oʻynaladi. Qoidaga koʻra, musobaqa sof oʻyin vaqti 5 min. dan boʻlgan 4 bosqichda 2 minutlik tanaffus bilan oʻtkaziladi. Har qanday usulda suzish, toʻpni 1 qoʻlda olib yurish va otish mumkin (faqat darvozabongina 2 qoʻlida oʻynaydi), qoʻlida toʻp boʻlmagan raqibga hujum qilish man etiladi. Qoidani buzganlik toʻpni oʻyinga kiritish huquqini raqibga berish, oʻyindan chiqarib yuborish (45 sek. yoki darvoza ishgʻol qilingunga qadar) bilan jazolanadi. Oʻyinning dastlabki qoidalarini shotlandiyalik V. Uilson ishlab chiqqan (1876). 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridan Suv polosi Yevropa mamlakatlarida ommalasha boshladi.

1926-y. Xalqaro havaskorlar suzish federatsiyasi (FINA) huzuridagi Suv polosi qoʻmitasi tuzilgan. 1973-y. dan jahon chempionata musobaqalari oʻtkaziladi. 1900-y. dan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Oʻzbekistonda Suv polosi oʻyinlari 1946-y. dan uyushtirila boshlagan. Mamlakatimizda «Mehnat», «Lokomotiv», «Spartak», «Yoshlik» va b. jamoalar bor. Oʻzbekistan Suv polosi federatsiyasi 1993-y. tashkil etilgan. Erkin Shagayev sportning shu turi boʻyicha olimpiada chempionidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x