SINFLAR

SINFLAR, ijtimoiy sinflar — nisbatan barkaror katta ijtimoiy qatlam, guruhlar (mas, dehqonlar, ishchilar, burjuaziya, oʻrta sinf). «Sinf», «Sinfiy kurash» toʻgʻrisidagi qarashlarning paydo boʻlishi nisbatan uzoq oʻtmishga ega. Lekin, Sinflar konsepsiyasi 19-a. da Yevropada keng yoyilgan (K. A. SenSimon, O. Tyerri, F. Gizo va b.). K. Marks va F. Engels S. mavjudligini muayyan i. ch. usuli, mehnat taqsimoti va xususiy mulk bilan bogʻladi, Sinflar kurashini tarixni harakatlantiruvchi kuch deb hisobladi (q. Marksizm, Sotsializm). Ular jamiyatni mulkdorlar (ekspluatatorlar) va yoʻqsillar (ekspluatatsiya qilinuvchilar) sinfiga ajratib tushuntirgan. Bu ikki sinf oʻrtasida doimo kurash boʻladi deb hisoblab, jamiyat tarixiga Sinflar kurashi tarixi sifatida karagan. Ular, Sinflarning mavjudligini jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichi bilan bogʻliq, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi, uning maqsadi sinfeiz jamiyat qurishdan iborat, deb tushuntirishgan. Jamiyat tarixini bunday tushunish, ijtimoiy Sinflarga bunday yondashuv tarixda urushlarga, inqilobiy toʻntarishlarga, jamiyatning ichdan boʻlinib ketishiga, guruhlarning birbiriga yovuzlarcha munosabatda boʻlishiga olib keldi. Ijtimoiy taraqqiyot bu taʼlimotning ilmiy asosi yoʻqligini, maʼrifiy rivojlanishga zid ekanligini koʻrsatdi.

Hoz. sotsiologiyada jamiyatni Sinflarga va b. ijtimoiy guruxlarga boʻlishning turli mezonlari ilgari surilmoqda. Oʻzbekistonda Sinflarni ikkiga boʻlib oʻrganishga barham berildi. Mulkning xilmaxilligi yoki xilmaxil shakllardagi mulk eʼtirof etiddi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli…» (36modda), «…Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxleiz va davlat himoyasidadir…» (53modda) deb belgilab qoʻyilgan. Bu ijtimoiy sinf tushunchasini yangicha tushunish va unga yangicha yondoshishdir. Oʻzbekistonda fukarolarga mulkdor boʻlish huq>ʻqining berilishi jamiyatni qaramaqarshi Sinflarga boʻlish va boʻlib oʻrganish goyasini ham inkor etadi. «Oʻrta mulkdorlar sinfi», «oʻrta mulkdorlar katlami», «mulkdorlar sinfi» degan tushunchalar Sinflarni anʼanaviy tushunishdan tubdan farq qiladi. Oʻzbekistonda qurilayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy hamjiqatlik gʻoyasiga tayanadi. Jamiyatda hammaga bir xil imkoniyat yaratiladi, lekin undan har kim oʻz qobiliyati, qiziqishiga koʻra foydalanadi. Bu tabiiy jarayon boʻlib, kishilarning mulkdorlik darajasi hamda jamiyatda mulkdorlar qatlamining shakllanishida oʻz ifodasini topadi.

Ad.: Karimov I., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka taadid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., J997.

Ibodulla Ergashev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x