Yuz maskasi

Uzum sharbati teridagi modda almashinuvini tezlashtiradi va taranglashtiradi. Uzum tarkibidagi antioksidantlar yosh ko’rinishga yordam beradi.
Shaftolini issiq suvga botirib po’stidan tozalab, mag’zini ezib, yuzingizga surting. Bu niqob yuzning dag’alligiini ketkazib, quruq yuzni yumshatadi.
Tozalangan kartoshkani qirg’ichdan chiqarib, yuzga surtib, barmoq uchida uqalang. So’ng sovuq mineral suv bilan yuving. Bu yuzdagi teshiklarni toraytirib, yuzni oqartiradi.
Yuzingiz oftobda qoraygan bo’lsa tarvuz sharbatiga bodring suvini aralashtirib yuzingizni tozalang.
Аgar yuzda husnbuzar bo’lsa tarvuz sharbatiga paxtani botirib, yuzni arting.
Sepkil va pigment dog’lar yuzingiz husniga soya solsa. Har kuni ertalab va kechqurun 1 osh qoshiqdan limon sharbati hamda olma sirkasini aralashtirib, yuzingizni tozalang. Uch hafta mobaynida shu muolajani qilsangiz, natija sizni quvontiradi.

Quruq yuz terisi uchun. Bir dona tuxum sarig’i, 1 choy qoshiq o’simlik (yoki zaytun) yog’i va yarim choy qoshiq limon sharbatini qo’shing. Ushbu niqobni yuzingizga surtib, 20 daqiqadan keyin yuving.

Yog’li yuz terisi uchun. Ikki osh qoshiq suli yormasini ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtirib, 1-2 tomchi limon sharbatidan qo’shing. Niqob yuzingizda 20 daqiqa turgach, limon sharbati qo’shilgan suv bilan arting.
 

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x