700 g un,
250 g sariyog’,
500 ml qatiq,
1 dona tuxum,
1 choy qoshiq ichimlik sodasi va 1 choy qoshiq tuz.
Nachinkasiga: 500 g go’sht, 7 dona kattalikdagi kartoshka, 3 dona piyoz, ta’bga ko’ra tuz va murch.
Bulьoniga: 300 ml suv, 50 g sariyog’ va ta’bga ko’ra tuz.
Tayyorlanishi:
1. Qatiqqa ichimlik sodasi qo’shing.
2. Sariyog’ni un bilan uqalab, qatiqli aralashmani qo’shing va xamir qoring.
3. Xamir tinguncha go’sht, piyoz va kartoshkani maydalab to’g’rang-da, tuz hamda murch qo’shib, aralashtiring.
4. Keyin xamirdan kichik zuvalachalar yasab, biroz tindiring.
5. Zuvalalarni yoyib, balishlar tuging va ularni patnisga terib, 20 daqiqa davomida 180 darajada qizigan pechda pishiring.
6. So’ng qozonga sariyog’, suv va tuz solib, bulьon tayyorlang.
7. Balishni 20 daqiqadan so’ng pechdan olib, ustiga tayyor bulьondan 1-2 osh qoshiqdan quying va qayta gaz pechiga joylang.
8. Balishlar qizargach, pechdan olishingiz mumkin.
loading…