SHODMULK BEGIM

SHODMULK BEGIM — (? 1411) temuriy malikalardan. Xalil Sultonning xotini. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Shodmulk begim Samarqandda oddiy hunarmand oilasida tugʻilgan. Xalil Sulton Sh. b. ni sevib qolib, oʻz zamonasi taomiliga zid ravishda unga uylangan. Sohibqiron vafotidan soʻng taxtga chiqqan Xalil Sultonning saltanatni boshqarishida Shodmulk begim faol qatnashgan. Shodmulk begimning xazina va saltanat ishlaridagi faoliyati ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelgan. Shodmulk begimning irodasi bilan ayrim noloyiq kishilar yuqori lavozimlarga tayinlangan. Shodmulk begim Sohibqironning barcha bevalari va kanizaklarini harbiy boshliqlar va amaldorlarga inʼom qilishga Xalil Sultonni koʻndiradi. 1411 yil Xalil Sulton vafot etgach, eridan soʻng yashashni istamagan Shodmulk begim zahar ichib oʻlgan.

Ad. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T„ 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x