Har tong 10 daqiqa yuz parvarishi

Ayollar doim yosh ko’rinishni xohlaydilar, Ma’lumotlarga qaraganda, suv, yashil choy, sutl mahsulotlari, sabzavotlar, sarimsoq va shokolad yosh ko’rinish uchun sabab bolar ekan.  
Demak, yoshligini asrab qolmoqchi bo’lgan har bir ayolning kundalik taomnomasi yuqoridagi mahsulotlarga boy bo’lishi kerak. Ammo, yosh ko’rinish uchun taomnomaning o’zi kamlik qiladi. Quyidagi niqoblar sizga bu borada yordam beradi. Ularni bajarish uchun esa atigi 15 daqiqa kifoya. Tavsiyalarga amal qilishdan avval kosmetolog bilan maslahatlashing.

Ajinlarga qarshi suyuqlik

Bir osh qoshiq olma sirkasini 1/2 stakan sabzi suvi bilan aralashtiring. Hosil bo’lgan aralashma bilan har kuni ikki mahal ertalab va kechqurun yuzingizni arting. Muolajani qoldirmasdan, muntazam ravishda bajarib borsangiz, tez orada yuz teringiz taranglashib, ajinlar yo’qolganiga guvoh bo’lasiz.

Asalli niqob

Ikki osh qoshiq asalni bir osh qoshiq suli yormasi va ikki choy qoshiq sut bilan aralashtiring. Tayyor niqobni 15-20 daqiqaga yuzga surtib, so’ngra iliq suv bilan yuvib tashlang. Ushbu niqob so’ligan terini «yangilash» va tetiklashtirish kuchiga ega. Unutmang: asalga allergiyasi borlarda yuqoridagi niqob qat’iyan man etiladi!

Qatiqli niqob

100-200 ml yog’li qatiqni olib, 15-20 daqiqa mobaynida yuzingizga bir necha marta surting. Keyin yuzingizni iliq suv bilan yuvib tashlang. Bunday niqob terini taranglashtirishdan tashqari, oqartirishga va dog’lardan xalos etishga yordam beradi.

Banan ham yordam beradi

Bitta o’rta kattalikdagi bananni po’stlog’idan tozalab, qoshiq yordamida ezing. Bir choy qoshiq oziqlantiruvchi krem, bir choy qoshiq zaytun moyi va yarim choy qoshiq limon suvi bilan yaxshilab aralashtiring. Bu niqobni ham 15-20 daqiqaga yuzga surtib, keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.

Tvorogli niqob

Ikki qoshiqdan tvorog, sabzi suvi, zaytun moyi hamda sutni (zarurat tug’ilsa, mahsulotlarning miqdorini ko’paytirish yoki kamaytirish mumkin) bir xil massa hosil bo’lgunicha aralashtiring. Tayyor bo’tqasimon massani qalin qilib yuzga surting va 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuving.

Suli yormasi

Uch-to’rt osh qoshiq suli yormasi ustidan 0,5 stakan qaynoq sut solib ilishini kuting. Keyin hosil bo’lgan aralashmani yuzga surtib, 15-20 daqiqadan so’ng yuvib tashlang. Ushbu niqob quruq hamda dag’allashgan yuz terisini mayinlashtiradi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x