TROMB (yun. thrombos — laxta) — organizm tirikligida tomir yoki yurak boʻshligʻida ivib qolgan qon. Qon ketishi natijasida tomirdan tashkaridagi qon laxtasi va limfa tomirlarida limfaning ivib qolishi ham Tromb deyiladi. Tromb hosil boʻlishi trombotsitlar agglyutinatsiyasi, fibrinogen koagulyatsiyasi, eritrotsitlar agglyutinatsiyasi va qon plazmasi oqsillari pretsipitatsiyasi kabi bosqichlardan iborat. Oq, qizil, aralash va gialin Tromb ajratiladi. Oq T. trombotsitlar, fibrin va leykotsitlardan tarkib topib, qon tez oqishida (aksari arteriyada) sekin hosil boʻladi. Qizil T., asosan, eritrotsitlar (kamroq leykotsitlar)dan iborat, sekin qon oqishida (koʻproq venada) tez yuzaga keladi. Kizil va oq Trombning qatqat aralashmasidan tuzilgan, yuzasi gofrirli aralash Tromb koʻp uchraydi. Gialin Tromb tomir kapillyarlarida vujudga kelib, gomogenlashgan oqsil massasidan tarkib topgan. Tomir devori Trombi (tomir devorida hosil boʻlib, ammo uning boʻshligʻini berkitmagan) va tiqilgan Tromb (tomir boʻshligʻini berkitib qoʻygan Tromb) boʻladi. Tomir devori Trombi endokardit, yurak poroklari va b. da, aksari yurakda, aterosklerozda yirik arteriyalarda, tromboflebitda vena tomirlarida vujudga keladi. Bu xil Tromb kattalashsa (tikilgan Tromb) tomir boʻshligʻini berkitib qoʻyadi. Dimlanish Trombi (tomirda kon dimlanib qolishidan kelib chiqadi, koʻproq yurak faoliyati yetishmovchiligida uchraydi) va tomir boʻshligʻiga qarab tez oʻsadigan Tromb ham bor. T. soʻrilishi yoxud biriktiruvchi toʻqimaga qoʻshilib ketishi, yiringlab, sepsista olib kelishi mumkin.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии