TRIO

TRIO (lot. tria — uch) — 1) uch sozanda yoki xonandadan tashkil topgan ansambl (mas., skripka, violonchel va fortepianodan iborat ansambl yoki «Setora» guruhi);

2) shu ansamblga moʻljallangan musiqa asari, kamer musiqa janri. Dastlab triosonata shaklida (17—18-a. lar, A. Vivaldi, A. Korelli va b.), keyinchalik sonata turkumi tarzida (L. Betxoven, F. Shubert, I. Brams, P. Chaykovskiy, D. Shostakovich va b.) rivoj topdi. Oʻzbekistonda M. Burhonov, Ik. Akbarov, G. Mushel, I. Hamroyev, U. Musayev, V. Saparov, A. Ergashev va b. turli Triolar yozishgan;

3) baʼzi cholgʻu asarlari (marsh, skerso va b.)ning oʻrta qismi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x