SHAROFIDDIN AʼLAM ibn NURIDDIN OXUND (17-a. 18-a. ning 1choragi) — tarixchi olim. Andijon viloyatida tugʻilgan. Keyinchalik Samarkand sh. da yashagan. Hayoti haqida maʼlumotlar deyarli saklanib qolmagan. «Tarixi Said Roqim» («Said Roqim tarixi») asarida Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda Amir Temur davridan to 1645-y. gacha, yaʼni ashpgarxoniylartn Buxoro xoni Abdulazizxon taxtga oʻtirguncha boʻlgan davr tasvirlangan. Asarda muhim tarixiy voqealar izchil xronologiya asosida yoritilgan. Xususan, yirik ulamolar, shayxlar, shoirlar va hofizlar haqida muhim maʼlumotlar mavjud.
«Tarixi Sayd Roqim» asari Mirza Salimbek tomonidan Toshkentda nashr etilgan (1913). Asar qoʻlyozmalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondi (30 dan ortiq) hamda SanktPeterburg, Dushanba va Angliya, Fransiya, Misr va Saudiya Arabistonida sakdanadi.
Ad.: Axmedov B. A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. T., 1985.