Аralash tarkibli, ichiladigan dorilar (tabletkalar)— ayol tomonidan iste’mol kilinadi. Ularning tarkibida ikki xil gormon turi bo’lib, bu gormonlar odatda xar bir ayolning organizmida mavjuddir. Tabletkalar tarkibidagi juda oz mikdordagi gormonlar o’z-o’zidan xavf keltirib chiqarmaydi. Bu vositalarning xomiladorlikdan saqlash xususiyati ayol tuxum xujayrasining yetilmasligini ta’minlashga asoslangan. Kontratseptsiya tabletkalaridan har kuni, aynan bir vaqtda foydalanish tavsiya etiladi. Tabletkalardan turri foydalanish shartlarining bajarilishi — bu vositaning Xomiladorlikdan saqlash samarasini oshiradi (99,5%). Undan ayol istagan muddatigacha foydalanishi va farzand ko’rish istagi paydo bo’lishi bilan uni ichishni to’xtatib, xomilador bo’lishi mumkin. Mish-mishlarga qaraganda, bunday tabletkalardan foydalanish bo’lajak farzand salomatligiga noxush ta’sir ko’rsatadi, degan fikrlar bor. Bular mutlaqo notug’ri bo’lib, homilaning paydo bo’lishi va rivojlanishiga ichilgan tabletkalarning hech qanday aloqasi yuqligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlangan. Bundan tashqari, kontratseptsiya tabletkalari qo’yidagi holatlarda ijobiy ta’sir ko’rsatadi:
hayz davrining o’zgarishli kechishi kuzatilsa (hayzning vaqtidan o’tib yoki vaqtiga yetmasdan kelishi)
hayz og’riqdar bilan kechsa
hayz vaqtida odatdagidan ko’p qon yuqotish holati ko’zatilsa
jinsiy a’zolar yallig’langandan keyin, davolanish vaqtida
Ba’zilarda tabletkalarni ko’llash vaqtida qo’yidagi noxushliklar uchrashi mumkin:
Ko’ngil aynishi
Kusish
Bosh og’rig’i
Sut bezlarining og’irlashishi
Yuqorida keltirilgan holatlar 1-2 hafta davomida o’tib ketmasa, boshqa uslub tanlashingiz, buning uchun esa shifokor maslahatiga tashrif buyurishingiz lozim. Tabletkalarning Mikroginon, Rigevidon, Novinet, Regulon, Logest deb nomlanuvchi turlarini shahar va tuman dorixonalaridan retseptsiz sotib olishingiz mumkin.
loading…