SHOHIZINDA

SHOHIZINDA — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (11—20-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan. da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi boʻlib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulugʻbek oʻgʻli nomidan qurdirgan Abdulaziz chortogʻi (1434—35), unga shim. dan Davlat qushbegi madrasasi (1812—13) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik zinapoya oʻrtaligʻining chap tomonida ziyoratxona va goʻrxonadan iborat qoʻshgumbazli maqbara (15-asr) joylashgan.

Oʻrta guruhdagi binolar: Amirzoda maqbarasi, Tugʻlu Tekin maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi, uning qarshisida Temurning boshqa singlisi Turkan ogʻo maqbarasi, 8 qirrali maqbara, Ali Nasafiy maqbarasi kabilar.

Yuqori guruhdagi binolar: Ziyoratxona, uch qismdan iborat masjid, Xoja Ahmad maqbarasi, 1360—61 yillarda qurilgan maqbara, Tuman ogʻo majmuasi (1405—06), 2 ta nomsiz maqbara (14asr oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan. Shuningdek, Tamgʻoch Bugʻroxon madrasasi (11-asr), Amir Burunduq maqbarasi (14-asr oxiri) kabilardir. Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga olingan. 19—20-asrlarda ansamblning yana bir necha binolari barpo etilgan. 18-asrda vayron boʻlgan zina oʻrnida 40 pogʻonali gʻishtin yangi zina qurilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 16 iyul qaroriga asosan Shohizinda yodgorlik majmuasida katta koʻlamdagi taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x