TOMDITOV

TOMDITOV — Markaziy Qizilqumdagi togʻ, deyarli kenglik boʻylab choʻzilgan. Shuvoqtov, Oqtov, Buzduastov, Muruntov, Qoratov kabi tizmalardan iborat. Bulardan eng balandi Oqtov tizmasi. Suvayirgʻich qismida (Oqtov) tekislangan yuzalar bor, yon bagʻirlari tik, vaqtincha suv oquvchi qisqa, baʼzida dara shaklidagi oʻzanlar bilan kesilgan etaklari tizmalardan yemirilib tushgan shleyf yotqiziqlari bilan krplangan. Gorstantiklinal strukturaga ega. Turon plitasining gersin burmalanishi davrida shakllangan poydevorining yer yuzasiga chiqib qolgan va yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan qismi burmalangan va metamorfizlashgan paleozoy davri slanes, ohaktosh, dolomit, granitlaridan tuzilgan. Ikdimi keskin kontinental, quruq va issiq. Yillik oʻrtacha t-ra 19°, yanv. ning oʻrtacha trasi —3,6°, eng past t-ra —33° gacha, iyulniki 27—30°, eng yuqori t-ra 46—48° ga koʻtariladi. Tomditovning yon bagʻirlari va etaklarida boʻz, qoʻngʻir, qumli choʻl tuproklarida asosan, shuvoq, boyalich, arpagʻon va b. oʻsimliklar oʻsadi. Ulardan yaylov sifatida foydalaniladi. Tomditovda ohaktosh, marmar, boksit, oltin va b. qazilma boyliklar ochilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x