NASORO

NASORO (arab. — nasroniy soʻzining koʻpligi; masihiylar, xristianlar) — Qurʼonda Iso paygʻambarga ergashgan dindorlarning atalishi. Rivoyatlarga koʻra, Iso Masih Nosira nomli shaharda tugʻilgan boʻlib, uni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kmshini esa nasroniy deb yurita boshlaganlar. N. Iso Masihni ilohiylashtirgani uchun islom dini nuktai nazarida shirk ahlidan hisoblanadilar. Zero islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish, hatto oʻxshatish mumkin emas. Nasoro esa Iso Masihni muqaddas uchlikning biri deb unga eʼtiqod qiladi. Shuning uchun ham Qurʼonning koʻp oyatlarida Nasoro tilga olinadi va Muhammad (sav)ni eʼtirof etishga daʼvat qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x