SEROZ PARDA

SEROZ PARDAodam va hayvon tanasi boʻshligʻi va ichki aʼzolarini oʻrab turadigan parda. Oʻrniga qarab qorin parda, plevra, perikard, epikard deb nomlanadi. Mezoderma hosilalari — splanxnotomadan rivojlanadi. Seroz parda ichki aʼzolar harakatini osonlashtiradigan, himoya funksiyasini bajaradigan seroz suyuklik ishlab chiqaradi. Odatda, silliq, yaltiroq, tiniq va elastik Seroz parda gg. yalligʻlanganda (peritonit, plevrit, perikardit) qalinlashadi, xira, gʻadirbudur boʻlib, funksiyasi buziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x