SHARQIY AFRIKA — Afrikaning sharqiy qismidagi ekvatorial va subekvatorial kengliklardagi yerlarni oʻz ichiga olgan tabiiy oʻlka, shim. da Efiopiya yassitogʻligi, gʻarbda Kongo botigʻi, jan. da Zambezi daryosining quyi oqimi va sharqda Hind okeani bilan chegaralangan. Sharqiy Afrika hududining aksari qismini Sharqiy Afrika yassitogʻligi (bal. 1000 m dan ziyod) egallaydi. Yassitogʻlik tektonik yoriklar bilan parchalangan. Relyefida palaxsali togʻlar, lavali plato va vulkan konuslari (Afrikaning eng baland joyi — Kilimanjaro soʻngan vulkani, 5895 m), tub terrasalar, uzilmali botiqlar va jarliklar navbatlanib joylashgan. Dengizboʻyi qismi kambar pasttekislikdan iborat. Iqlimi ekvatorial mussonli, issiq, mavsumiy nam iqlim. Yillik yogʻin 500 dan 3000 mm gacha. Sharqiy Afrika yassitogʻligi Nil, Kongo, Zambezi va Hind okeaniga quyiladigan kichikroq daryolar havzalari oʻrtasidagi suvayirgʻich vazifasini bajaradi. Koʻl koʻp (Viktoriya, Tanganika, Nyasa va boshqalar). Oʻsimliklari turli tipdagi savannalar va siyrak oʻrmonlardan iborat, togʻlarda oʻsimlikdar balandlik mintaqalari boʻylab tarqalgan. Hayvonot dunyosi (ayniqsa, yirik sut emizuvchilar)ga boy. Hayvonlari Efiopiya zoogeografik oblastining Sharqiy Afrika oblastchasiga mansub. Sharqiy Afrikada Keniya, Uganda, Ruanda, Burundi, Tanzaniya, Zambiya, Malavi, Somali, Efiopiya va Jibuti davlatlari joylashgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии