NAGOYA

NAGOYA — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o. da, Ise qoʻltigʻi sohilida. Ayti prefekturasining maʼmuriy markazi. Axrlisi 2,17 mln. kishi (2000). Mamlakatning yirik (Tokio va Osakadan keyin 3-oʻrinda) sanoat, moliya, transport, savdo va madaniy markazi. Asosiy portlardan biri (yillik yuk ortib-tushirish 110 mln. t dan ortiq, Yaponiya tashqi savdo yuk aylanmasining 1/2 qismi). Nagoya — 27 shaharni (eng yiriklari Toyota, Okadzaki, Itinomiya, Seto) oʻz ichiga olgan aglomeratsiya markazi. Mashinasozlikning turli sohalari (jumladan, elektrotexnika, radioelektronika, kemasozlik, avtomobilsozlik, aniq priborsozlik va b.), qora va rangli metallurgiya, neft kimyosi rivojlangan. Toʻqimachilik (jun va sunʼiy gazlamalar i. ch.), oziq-ovqat, poligrafiya, farfor-keramika sanoati korxonalari mavjud. Un-t, botanika bogʻi, muzeylar, metropoliten bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Asuta ibodatxonasi (mil. boshlarida qurilgan), qasr (1612), Tofukudzi ibodatxonasi (735) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x