NABIYEV Malik Nabiyevich

NABIYEV Malik Nabiyevich (1913.18.1 — Toshkent — 1992.10.1) — kimyogar olim. Oʻzbekistan FA akad. (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1963), texnika fanlari d-ri (1955), prof. (1956). Ivanovo kimyo-texnologiya in-tini tugatgan (1935). Donbassdagi Gorlovka oʻgʻit z-dida ishlagan (1940). Chirchiq elektr kimyo k-tida bosh muhandis (1940 — 43), Chirchiq shahar partiya qoʻmitasi kotibi (1943—44), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Plan komissiyasi raisining birinchi oʻrinbosari (1944 — 47), Respublika Ministrlar Soveti boshqarmasi boshligʻi (1948), Chirchiq elektr kimyo k-ti bosh muhandisi (1948—51). Oʻzbekistan FA kimyo in-tida lab. (boʻlim) mudiri (1951—86), bosh ilmiy xodim (1986-y. dan), Oʻzbekiston FA kimyo-texnologiya fanlari boʻlimi akad.-kotibi (1952— 56, 1966 — 86). Asosiy ilmiy ishlari yangi mineral oʻgʻitlar turlarini olish, oʻgʻitlar sifatini yaxshilash, murakkab oʻgʻitlardan ratsional foydalanishga oid. Nabiyevning qovushoqlanib (yopishib) qolmaydigan ammiak selitrasi olish usuli Chirchiq elektr kimyo k-tida va b. korxonalarda amaliyotda qoʻllandi. Nabiyev oʻz shogirdlari bilan birgalikda ammoniylashtirilgan superfosfat olish usulini ishlab chiqdi va uni Qoʻqon, Jambul, Samarqand hamda Chorjoʻy kimyo z-dlarida amalga oshirdi. Fosfat xom ashyosini nitrat kislota bilan parchalab, qattiq va suyuk, murakkab oʻgʻitlar (SUM-I, SUM-P, SUM-P1, SUM-IV, SUM-V) ni i. ch. texnologiyasiga asos soldi, chigit tarkibidagi moy moddalarini koʻpaytirishga taʼsir etuvchi «SAKS» defoliantini ixtiro qildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureati (1968).

M. Nabiyev. Amir Temurning Toʻxtamush ustidan gʻalabasi (1994).

As: Azotnokiyelotnaya pererabotka fosfatov, T., 1957; Ammonizorovannыy superfosfat iz fosforitov Karatau, T., 1960; Kaliynыye soli Tyubegatana, T., 1965; Kondesirovannыye fosfatы i udobreniya na ix osnove (B. M. Beglov, A. T. Zdukos bilan xamkorlikda), T., 1974.

Ad.: Axmerov Q. Oʻzbekistan kimyogarlari, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x