SAQMON

SAQMON, saqmol — qoʻzilarining yoshi va rivojlanishi bir xil boʻlgan emizikli ona qoʻylar guruhi. Saqmonlar, odatda, yangi qoʻzilarni but saqlash, parvarishlash masqadida tuziladi. Qoʻzilarning yoshiga, yaʼni tugʻilgan kuniga koʻra kichik, oʻrta va katta Saqmon larga boʻlinadi. 1 —10 kunlik qoʻzisi boʻlgan ona qoʻylar guruhi kichik, qoʻzisi 11—20 kunliklari oʻrta; qoʻzisi 21 — 30 kunliklari katta Saqmonga kiradi. Har bir Sga choʻpon vazifasini bajaruvchi «saqmonchi» tayinlanadi. Qoʻzilarning chiniqishi, rivojlanishi va b. belgilariga qarab toʻl mavsumi davrida qoʻzili qoʻylar kichik Sdan katta Sga koʻchiriladi. Tul mavsumi tugagach, Saqmonlar yagona suruvga biriktiriladi va qoʻzilar oʻz onalari bilan 4—5 oygacha birga parvarishlanadi.

Abdusattor Achirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x