TASPAR

TASPAR (Xitoy manbalarida Tobo xoqon, asli turkiy ismi Arslon) (? — 581) — turk xoqonlaridan biri (572 — 581). Bumin xoqonning oʻgʻli. Taspar akasi Mugʻon xoqonning vafotidan soʻng taxtga chiqqan. Taspar davrida Turk xoqonligining kuch qudrati eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. Davlat chegaralari gʻarbda Qora dengizdan sharqda Manjuriyagacha, shim. da Yenisey daryosidan jan. da Amudaryogacha kengaygan. Taspar xoqon buddaviylik diniga homiylik qilgan va oʻzi ham shu dinni qabul qilgan. Buddaviylik rohibi Chinagupta oʻn yil (574—584) oʻzining dindoshlari bilan xoqon qarorgohida yashagan va targʻibot ishlarini olib borgan. Turk tiliga buddaviylikning baʼzi sutralari tarjima qilingan, xoqon qarorgohida esa bir nechta ibodatxona va monastirlar qurilgan. Uning davrida turk va sugd tillari davlat tili vazifasini oʻtagan. Tasparning vafotidan soʻng Turk xoqonligida oʻzaro urushjanjallar boshlanib ketgan va natijada, 603-y. da bu ulkan davlat 2 kiyemga boʻlinib ketgan.

Ad.: Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967; Istoriya Vostoka, t.2, M., 1995.

TACCO (Tasso) Torkvato (1544.11.3, Sorrento — 1595.25.4, Rim) — italyan shoiri. Shoir Bernardo Tassoning ugli. Bolonya untini tugatgan (1565). Diniy maʼrifat taʼsirida falsafiy skeptitsizmdan voz kechgan, sufiyona yoʻldan borgan. Asarlari klassitsizm va barokko uslublarida yaratilgan. Turklar bilan Yevropa xalqlari orasida toʻqnashuvlar sodir boʻlib turgan bir paytda Tasparning «Goffredo» tarixiy dostoni (1574—75; 1580) «Ozod qilingan Quddus» nomida toʻla nashr etilishi oʻsha davr ijtimoiy hayotiga javob boʻlgan. Asarda Uygʻonish davri uchun xos boʻlgan gumanizm prinsiplari bilan individualizm va kontrreformatsiya davri axloqi oʻrtasidagi kurash oʻzining yorqin ifodasini topgan (qayta ishlangan varianti «Istilo qilingan Quddus», 1593). Tasparning «Aminta» pastoral dramasi (1573) bu janrning choʻqqisi boʻldi. Asarda choʻpon Aminta va Silviya sevgisi orqali muhabbatning qudratli kuchi, Uygʻonish davri panteizmn haqidagi kurashlar ifodalangan. Bizga qadar Tasparning 28 falsafiy dialogi va sheʼriyat nazariyasiga oid ilmiy risolalari ham yetib kelgan. Taspar ijodi 17—18-a. Gʻarbiy Yevropa adabiyoti taraqqiyotida muhim rol oʻynagan. Volter, E. Spenser, J. Milton, Lope de Vega va b. bevosita Taspar ijodi taʼsirida boʻlganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x