SAMOSIY

SAMOSIY, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (13-a. oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlogʻi — 1354) — xojagonnaqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik tarikatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tugʻilganda uni maʼnaviy farzandlikka qabul qilib, Sayyid Mir Kulolta Bahouddin tarbiyasi bilan shugʻullanishni topshirgan. Samosiy bogʻbonlik bilan kun kechirgan. Samosiy kulohini Bahouddinga hadya etib, unga murshidlik qilgan. Bahouddin Naqshband ana shu kuloh sharofatidan balogardonlik karomatiga ega boʻlgan, deydilar. Samosiy tugʻilgan qishlogʻida dafn qilingan. Qabri ustidagi maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida taʼmirlangan.

Ad.: Orif Usmon, Buxoroi sharifning yetti piri, T.,2003.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x