TAROZI — jismga taʼsir etuvchi ogirlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob. T. qad. oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali oddiy Tarozi qad. Bobilda mil. av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo, i. ch. va fanning rivojlanishi bilan Tarozi astasekin takomillashib borgan. Tarozining umumiy maqsadlarga moʻljallangan, namuna (etalon; toshlarni tekshirish uchun) va lab. (analitik, mikroanalitik, namuna anikdanadigan va b.) turlari bor. Ishlash tarzi boʻyicha richagli, elektrometrik, gidrostatik, gidravlik va prujinali xillarga boʻlinadi. Tortish chegarasi boʻyicha umumiy maqsad uchun moʻljallangan Tarozining stol ustiga oʻrnatiladigan — 50 kg gacha, koʻchma — 50 kg dan 6 t gacha, muqim (vagonetka, avtomobil, vagon, elevatorbunkerlarni tortish uchun) — 5t dan 200 t gacha yukni torta oladigan xillari bor (rasmga k,.).
Tarozi larning barcha xillari ushbu koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi:
1) chegaraviy tortish kuchi — metrologik koʻrsatkichlarini buzmagan holda Tarozi chidashi mumkin boʻlgan eng katta statik nagruzka;
2) boʻlinmalari qiymati — shkalaning bir boʻlimi oʻzgarishiga moye vazn; 3) tortishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar chegarasi — bir galgi tortilgan vazn bilan haqiqiy vazn orasidagi farq;
4) tortishlar paytida shkala koʻrsatishidagi yoʻl qoʻyiladigan farqlar — bir jismning oʻzini har gal tortib koʻrganda vazni har xil chiqishi. Shu koʻrsatkichlar Tarozining sifatini va sinfini belgilaydigan omillar hisoblanadi. Hozir yukning ham vaznini, ham qiymatini xaridorga koʻrsatib turadigan elektron T. lar koʻproq qoʻllanadi.