SALTANATTEPA (SETALANTEPA) GAZ KONI

SALTANATTEPA (SETALANTEPA) GAZ KONIBuxoro viloyatidagi kon. Kogon t. y. stansiyasidan 35—40 km jan. sharkda. 1976-y. dan foydalaniladi. Kon relyefi kichik gumbazsimon soylikdan iborat, atrofi Buxoro svitasi ohaktoshlari bilan oʻralgan.

Strukturasi shim. sharq yoʻnalishida choʻzilgan asimmetrik braxiantiklinaldan iborat. Uning jan. sharqiy qanoti yotiq (30—40°), dizyunktiv dislokatsiyaga uchragan. Apt yarusining 12mahsuldor gorizonti boʻyicha Saltanattepa braxiantiklinali oʻlchami 6×3 km, bal. 90 m. Chuqurlik ortgan sari qanotlar qiyaligi 40—45° ga yetadi va yura yotqizikdarining gumbazi boʻr yotqiziqlarinikiga nisbatan 250—300 m ga siljigan. Birinchi quduq 1953-y. qazilgan va yura yotqiziklarida sanoat miqyosidagi gaz borligi aniklangan. Konda jami 7 ta quduq qazilgan. Burgʻilash chogʻida paleozoy, yura, boʻr va paleogen jinslari ochilgan.

Boʻr yotqiziqlarida 2 ta 11, 12, yurada ham 2 ta 16, 17mahsuldor gorizontlar ajratilgan. 11gorizontning qalinligi 10—20 m, gʻovakliligi 14 — 20%. Uyum oʻlchami 2×0,8 km, bal. 15 m boʻlib, 507— 600 m chuqurlikda ochilgan. Boshlangʻich qatlam bosimi 5,74 MPa, debiti 218 ming m3/sutka, katlamdagi t-rasi 36°.

12gorizontning qalinligi 28 m, gʻovakliligi 12,2%. Uyum oʻlchami 5,5×2,7 km, bal. 75—80 m, 450 m chuqurlikda ochilgan. Boshlangʻich qatlam bosimi 8,38 MPa, t-rasi 40°.

16gorizontning qalinligi 7—10 m, gʻovakliligi 15%. Uyum oʻlchami 4×1,5 km, bal. 30 m, 1020 m chuqurlikda ochilgan. Uyum tipi qatlamli, gumbazli. Gaz debiti 123,5 ming m3/sutka. Qatlam bosimi 10,9 MPa va t-rasi 48°. 17gorizont, asosan, ohakli qumtoshdan tarkib topgan, kalinligi 6,3 m, gʻovakliligi 14,17%. Uyum tipi 16 gorizontniki bilan birxil. Uyumoʻlchami 3×1 m, bal. 2,5 m, gaz debiti 101,6 ming m3/sutka, qatlam bosimi 10,5 MPa, t-rasi 50°. Uyum rejimi suv bosimli.

Ochilgan hamma gorizontlardagi gazning fizikkimyoviy tarkibi birbiriga yaqin: metan 88,2%, karbonat angidrid gazi 0,34%, ogʻir uglevodlar 4,6910%, vodorod sulfid 0,027%, zichligi 0,641. Kondensat mikdori 0,77 sm3/m3. Kondan hoz. vaqtda foydalanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x