SULTONQALʼA

SULTONQALʼABayramali sh. dan (hoz. Mari sh., Turkmaniston) 8 km uzoqlikda joylashgan Marv shahar xarobasini tashkil etgan qalʼalardan biri. Sultonqalʼada 8-a. dan boshlab aholi gavjum yashagan. Abu Muslim xukmronligi davri (8-a. ning oʻrtalari)da Majan kanali boʻyiga ark, jome masjidi va asosiy bozorlar koʻchirilishi oqibatida S. Marvning maʼmuriy markazi sifatida shakllangan va 9—10-a. larda shaharga aylangan. Malikshoh xukmronligi davri (Pa.)da qurilgan yarim aylana minorali va 4 darvozali qalʼa devorlari hozirgacha saqlanib qolgan. Qalʼa 2 qator devor bilan oʻrab olingan boʻlib, devor ichining maʼmuriy va jamoat binolari joylashgan joyida ark qurilgan. Shaxarning markazida jome masjidi va saljuqiylar saroyi boʻlgan. Kosiblar rabodsa, Sultonqalʼaning gʻarbida kulollar yashagan. Sanjar xukmronligi davrining oxirida koʻchmanchi oʻgʻuzlar poytaxtni 2-marta talontaroj qilgan (1153)dan keyin Sultonqalʼa 1marta inqirozga yuz tutgan. Sultonqalʼa 1193-y. da Xorazmshohlar davlati tarkibida boʻlgan, 1221-y. da esa, moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan. Moʻgʻullar Sultonband toʻgʻonini buzib tashlagan, natijada Marvning qayta tiklanishi ancha kechikkan. Sultonqalʼa xarobasida 13—14-a. larda yana aholi yashay boshlagan va hayot Sdan jan. ga siljib, temuriylar hukmronligi davri (14—15-a.)ning yangi shahri — Abdullaxonqalʼaga koʻchirilgan.

Ad.: Bartold V. V., K istorii Merva, Sochineniya, t. 4, M., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x