SULTONOV Abdulla Sultonovich

SULTONOV Abdulla Sultonovich (1913.13.3 Toshkent 1983.26.10) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Kimyo fanlari d-ri (1964), prof. (1966). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgach (1935), shu un-t organik kimyo kafedrasida assistent (1935—40), dotsent (1940—47). Oʻzbekiston FA Kimyo in-tida lab. mudiri (1947—59). Polimerlar kimyosi i. t. institutida direktor muovini (1959 — 63). Oʻrta Osiyo neftni qayta ishlash i. t. instituti direktori (1964—78), lab. mudiri (1978—83). Asosiy ilmiy ishlari neftni kayta ishlash va neft kimyosi sanoati organik katalizi muammolariga oid. Sultonov gidrokreking, gidrooltingugurtsizlash, gidrogenizatsiya, gazlarni oltingugurt birikmalaridan tozalash va b. kimyoviy jarayonlarda qoʻllanadigan katalizatorlarning yangi turlarini sintez qilgan. Karbon kislotalarni dekarboksillash va biologik faol katalizatorlarni qoʻllashning nazariy asoslarini ishlab chiqqan.

As: Ximicheskaya teoriya kataliza D. I. Mendeleyeva i dalneyshiye yeyo razvitiya, T.. 1961.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x