SHOVOT KANALI

SHOVOT KANALIXorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi respublikalararo magistral kanal. Dastlab 17-asr oxirida qurilgan. Toshsoqa kanali tizimiga knradi. Toshsoqa kanalining 34km da qurilgan uzeldan boshlanadi. Uz. 150 km (Oʻzbekistonda 78 km, Turkmanistonda 72 km). Suv oʻtkazish imkoniyati 210 m3/s (Bayramsoqa, Mashinyorgan va Qoramazisoqa kanallaridan olingan suv bilan birga). Xorazm viloyatining Xonqa, Urganch, Shovot tumanlarida 37 ming ga va Toshhovuz viloyatida 75 ming ga yer sugʻoriladi. 1940-yilgacha kanal Amudaryoning chap sohilida oʻzining bosh suv olgichiga ega boʻlgan. 1940 da uz. 14,6 km boʻlgan tutashtiruvchi kanal orqali Toshsoqa kanaliga ulandi. 1939 — 40 yillarda rekonstruksiya qilingan. Shovot kanali 3 toʻgʻon inshoot, 1 oxirgi taqsimlagich uzeliga ega. Kanal Urganch shahridan oqib oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x