SHIXLAR

SHIXLAR — turkiy qabila. Sh. ning asosiy qismi oʻrta asrlardan hoz. Turkmanistonning gʻarbiy qismida, Oʻzbekistonning Buxoro, Qorakoʻl, Navoiy, Muborak tumanlarida yashaganlar. Shixlar urugʻ sifatida oʻzbeklarning qutchi, qarluq qabilalari tarkibida ham uchraydi. Shixlar oʻz nomlarini shayx (diniy unvon, muqaddas joy, madrasa nazoratchisi va h. k.)larga yaqin qoʻyib, kelib chiqishlarini esa Muhammad paygʻambar bilan bogʻlaydilar. Aslida Shixlar oʻrta asrlarda yirik qabilalardan birining nomi boʻlib, keyinchalik tarmoqlarga boʻlinib ketganlar. 19-asrning 2-yarmida Shixlarning asosiy qismi yarim qoʻchmanchi boʻlib, chorvachilik bilan shugʻullanganlar. 20-asrning 20—30-y. larida Turkmanistondagi Shixlar turkmanlar tarkibiga, Oʻzbekistonda yashagan Shixlar oʻzbeklar tarkibiga singib ketishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x