SMITSONIT [ingliz kimyogari va minerologi J. Smitson (1765—1829) nomidan] — tabiiy karbonatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibi — ZnCO,(ZnO 64,9%, So2 35,1%). Rux oʻrnini izomorf aralashmalar sifatida koʻpincha Fe, Mn, Mg, baʼzan So, kamdankam Cd, Ln va b. elementlar egallaydi. Kristallari geksogonal singoniyali, romboedrik. Yonlari koʻpincha egilgan va silliq emas. Odatda, tuproqsimon yoki zich yashirin kristallangan agregatlardan boʻlib, koʻpincha oqiq va poʻstloqsimon, shuningdek, qobiqsimon, katakkatak va gʻovak massalar shaklida xam uchraydi. Kattiqligi 4,5—5; oʻrtacha zichligi 4,3 g/sm3. S. ohaktoshlarda joylashgan qoʻrgʻoshinrux sulfidi konlarining oksidlanish zonasida uchraydi. Smitsonit rudalari rux olinadigan muhim xom ashyo hisoblanadi. Oʻzbekistondagi deyarli barcha qoʻrgʻoshinrux konlarining (Koʻrgʻoshinkon, Uchquloch, Navgarzon) oksidlanish zonasida uchraydi. Xorijda Shim. Meksika, Gretsiya (Lavrion), Polsha (Olkush), Jan. Gʻarbiy Afrika (Sumeb)da, Baykalorti (Narchinsk), Kozogʻistonning Achisoy (Turlan) va Tojikistonning Takeli, Oltintopgan, Quruqsoy, Aygʻirbuloq konlarida keng tarqalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые