TOMSON

TOMSON (Thomson) — otabola ingliz fiziklari.

1) Jozef Jon (1856.18.12, ChitemXill, Manchester yaqinida — 1940.30.8, Kembrij) — ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1884-y. dan) va prezidenti (1915 — 1920). Manchesterdagi Ouene kollejini (1876) va Kembrij untining Triniti kollejini (1880) tugatgan. 1884-1919-y. larda Kembrij un-ti prof va Kavendish lab. rahbari. 1897-y. da elektronna kashf etib, uning zaryadini va massasini aniklagan. 1903-y. da atomning birinchi modelini taklif qilgan. Rentgen nurining uzluksiz spektrini tushuntirib bergan. 1911-y. da parabolalar usulini ishlab chiqqan, bu usul keyinchalik massspektrometriya sohasining yaratilishiga olib keldi. Tomson izotoplarni ochishda katta rol oʻynadi. Gazlardagi elektr razryadlarini oʻrgandi. Nobel mukofoti laureati (1906).

2) Jorj Pajet (1892.3.5 Kembrij — 1975.10.9) — ingliz fizigi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1930-y. dan). Kembrij untini tugatgan (1914). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, kvant mexanika, aerodinamika va b. ga oid. Elektronlar difraksiyasi hodisasini kashf etib (1926—27; amerikalik fizik L. Jermer (1896— 1971) va KJ. Devissontn mustaqil ravishda), ularning toʻlqin tabiatga ega ekanligini amalda isbot qilgan. Nobel mukofoti laureati (1937; K. J. Devisson bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x