TEREK

TEREK — Shim. Kavkazdagi dare. Uz. 623 km. Havzasining mayd. 43,2 ming km2. Katta Kavkazning shim. yon bagridan boshlanadi; quyiroqda, Daryal darasida Yon tizmani kesib oʻtadi. Togʻlardan chiqqandan soʻng pasttekislik boʻylab oqib, Kaspiy dengiziga delta (mayd. 4000 km2) qosil qilib quyiladi. Kor, yomgʻir, sizot suvlaridan toʻyinadi. Qish mavsumida qisqa vaqt muzlaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Asosiy irmoklari: chapda — Ardon, Urux, Malka (Baksan bilan birga); oʻngda — Sunja. Mozdok sh. dan yuqorirokda Terekdan Terek Kuma kanali boshlanadi. Togʻli qismida Terek va uning irmoklaridan elektr energiyasi olish uchun Baksan GES, Gizeldon GES va b. qurilgan. Daryo baliqqa boy. Terek vodiysidan Gruziya Harbiy yoʻlining bir qismi oʻtadi. Terek boʻyida Mozdok, Kizlyar (deltasida) sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x