SULTONOV Xayridlin Madriddinovich

SULTONOV Xayridlin Madriddinovich (1956.15.1, Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻi) — yozuvchi, publitsist. Toshkent un-tining jurnalistika ftini tugatgan (1978). «Guliston» (1974—80) va «Yoshlik» (1982—85) jurnalilarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1980— 82), bosh muharrir (1985-93). 1993-y. dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim, 2001-y. dan Prezidentning Davlat maslahatchisi.

Sultonov oʻzining ocherk, hikoya va qissalarida, asosan, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, ularning ruhiy olamidagi insoniy goʻzallikni, sodda, pokiza, mehnatkash kishilarning yaxlit obrazlarini yaratgan. Sultonov tarixiy mavzularga ham murojaat etib, Navoiy, Ulugʻbek, Bobur, Abdulla Qodiriyga bagʻishlangan asarlar yezdi («Boburning tushlari», qissa va xikoyalar). Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya aʼzolari bilan birga qilgan safari taassurotlari asosida esa «Boburiynoma» maʼrifiy romanini yaratdi. Sultonov mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida maʼrifiy roman janrini boshlab berdi. Asarlari nafis lirizm, tasvir madaniyati, tilining mayin, shirali va ranginligi bilan ajralib turadi. Sultonov dramaturgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham qalam tebratib, «Changak», Abdulla Qodiriyga bagʻishlangan «Moziydan bir sahifa» videofilmlari, shuningdek, yozuvchining romani asosida koʻp seriyali «Mehrobdan chayon» videofilmi ssenariysini yaratdi. Uning «Tushlarimda koʻrib yigʻlayman» va «Yozning yolgʻiz yodgori» ssenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan. «Sarhovuzning boʻylarida» (1992) pyesasi muallifi. A. SentEkzyuperi, Yu. Nagibin va V. Shukshinning hikoya hamda qissalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. «Shuhrat» medali (1996), «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x