TAUBE

TAUBE Genri (1915.30.11, Saskatun, Kanada) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1959). Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1961). Stanford unti prof. (1962-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari elektronlar koʻchishi reaksiyalari tadqiqotiga oid. Ilk bor (1940-y. oxirlarida) suvdagi eritmada solvatlangan kation mavjudligini (3 valentli xrom ioni misolida) isbotlagan. Kompleks birikmalarning suvdagi eritmalari beqarorligi bilan ularning elektron tuzilishi orasidagi bogʻliqlikni aniklagan (1952). Molekulyar azot ruteniy kompleksining suvdagi eritmasi koordinatsiyasida bir molekula suvning oʻrnini egallashi mumkinligini isbot qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1983).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x