SULAYMONOV Oʻljas Umarovich

SULAYMONOV Oʻljas Umarovich (1936.18.5, Olmaota) — qozoq shoiri, jamoat arbobi, diplomat. Qozoq un-ti geologiya ftini (1959) va M. Gorkiy nomidagi Adabiyot in-tini (1961) tugatgan. Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1983-y. dan). «Kryilmisan insonga, zamin!» (1961) dostoni birinchi fazogir Yu. A. Gagarinta bagʻishlangan. «Quyoshli tunlar» (1962), «Qutlugʻ tongotar» (1964), «Maymun yili» (1967), «Sopol kitob» (1969) sheʼriy kitoblari, «Oqdaryo ustida» (1970), «Butun baxt» (1975), «Az i Ya» (1975) va b. sheʼriy, nasriy, esse kitoblari muallifi. Asarlarida qozoq xalqi hayoti, Sharq mavzusi, hoz. yoshlar takdiri aks etgan. Sheʼrlari falsafiyligi, ritmik izlanishlarga boyligi va sheʼriy birikmalarning murakkabligi 6n ajralib turadi. Oʻzbekistonga bir necha marta kelgan, oʻzbek shoirlari bilan ijodiy aloqada. Ayrim asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Lg. Argʻumoklar, T., 1976; Aylanayin, T., 1988; Az i Ya, Almaata, 1990.

3.7 3 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x