SUD EKSPERTIZA MARKAZI

SUD EKSPERTIZA MARKAZI, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi — Oʻzbekistonda sud ekspertizamGʻ masalalari boʻyicha ilmiymetodik va muvofiqlashtiruvchi markaz. OʻzR Adliya vazirligi huzurida dastlab Toshkent i. t. kriminalistika lab. tashkil topgan (1951). Uning negizida Xadicha Sulaymonova nomidagi Toshkent sud ekspertizasi i. t. instituti tashkil qilingan (1958). Soʻng Respublika i. t. kriminalistika markaziga (1995), keyin esa Sud ekspertiza markaziga aylantirilgan (2003). Uning faoliyati surishtiruv, dastlabki tergov va sudlar topshiriqlariga asosan sud ekspertizalarini oʻtkazish, kriminalistika va sud ekspertizasi sohasida i. t. larni amalga oshirish, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga metodik yordam koʻrsatish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yoʻnalishlar boʻyicha olib boriladi. Bu yerda 34 turdagi sud ekspertizasi bajariladi. Markazning Toshkent sh. da hujjatlarning kriminalistika ekspertizasi, sud ballistika va izshunoslik, sudavtotexnika, materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistika ekspertizasi, odam DNK sining sud biologik ekspertizasi, sudiqtisodiy ekspertizasi, sud qurilishtexnikaviy va sud fonoskopiya ekspertizasi lab. va boʻlimlari, Andijon, Guliston, Buxoro, Nukus, Samarqand, Termiz, Fargʻona, Urganch, Qarshi shaharlarida boʻlinmalari bor. Markaz xodimlarining sud ekspertizasining nazariyasi, oʻzbek tilidagi dastxatlarni, imzolarni, oʻq otar k,urollar bilan yetkazilgan jarohatlarni, narkotik moddalar va doridarmonlarni, neft mahsulotlarini, odam DNK sini ekspertiza qilish boʻyicha va shu kabi ilmiy ishlari ekspertiza amaliyotida keng qoʻllanadi. Markaz oliy yuridik oʻquv yurtlari talabalarini oʻqitish va huquq sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirishda faol ishtirok etadi. Markazning ilmiy kutubxonasida sud ekspertizasining barcha yoʻnalishlari boʻyicha 15 mingdan ortiq maxsus adabiyotlar bor. Ilmiy ishlar, qoʻllanmalar, ekspert tadqiqoti metodlariga oid kitoblarni nashr etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x