SIRTORDUSH

SIRTORDUSH, shiyeyanto, siyeyanto, seyanto — qadimgi turkiy qabila. Xitoy manbalarida tele deb nomlangan qabilalar birlashmasiga kirgan. 7-a. ningoʻrtalariga qadar Markaziy Osiyodagi turkiy kabilalar orasida katta nufuzga ega boʻlgan. Qadimda sir va tordush kabilalari yonmayon yashagan. Ular oʻrtasida hukmron boʻlish uchun kurashlar natijasida sir qabilasi gʻolib chiqib tordushlarni oʻziga qoʻshib olgan. Shu tariqa Sirtordush etnonimi paydo boʻlgan. Sirtordush larningtili, urfodati, qurolyarogʻlari, qatto harbiy va maʼmuriy tuzumlari Turk xoqonliginp tashkil etishda yetakchi boʻlgan turk (tujyue) qabilasidan farq qilmagan. Sirtordushlar 7-a. boshigacha Gʻarbiy turk xoqonligi, 621-y. dan Sharqiy turk xoqonligi tasarrufida boʻlgan. Mustaqillikka intilgan Sirtordush larning katta kismi ilgari yashagan joylari — Tangritogetaklarini tantab Shim. Oltoydagi Ibor togʻlari (xitoycha Tanxanshan) shim. idagi yerlarga koʻchib kelib Sirtordush xonligink barpo etganlar. 7-a. oʻrtalarida Sirtordush uygʻurlarga qoʻshilib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x