SINCH

SINCHbino va inshootlar devorining taglik yogʻoch (tagsinch) bilan tepa yogʻoch (sarrov) oʻrtasiga qadaladigan yogʻochlar; uyning «skeleti». Uyning mustahkamligi, turgʻunligi, zilzilabardoshligini oshiradi. Sinchning tagsinch, ustun, hovon, tepasinch (sarrov), bachkisinch va b. xillari bor. Binolar yakkasinchli va qoʻshsinchli qilib quriladi. Qoʻshsinchli devor xona iqlimini moʻtadil tutadi, turli tokcha, taxmonlar yasashga imkon beradi. Odatda, yuk tushuvchi tashqi devorlar qoʻshsinch, ichki devor — toʻsiqlar esa yakka sinch qilib ishlanadi. Tagsinch sarrovga Sinch bilan oʻyiq va tirnoklar yordamida qimirlaydigan qilib (zilzilabardosh qilish uchun) biriktiriladi. Xovonlar (tirak Sinchlar) imoratni mustahkam ushlab turadi. Sinchlar orasiga gʻisht, guvala va b. urib devor hosil qilinadi. Oʻrta Osiyo meʼmorligida Sinch devorlar keng qoʻllanilgan. Sinchlar qad. davrlar meʼmoriy yodgorliklarida ham uchraydi. Hozir ham yakka uyjoy qurilishida Sinch devor konstruksiyalari katta oʻrin tutadi.

Baʼzi zamonaviy maʼmuriy va sanoat binolari, imoratlar metall Sinch lardan karkasli qilib quriladi. Oldin metall Sinchlar payvandlab biriktirib olinadi (yaʼni «skelet» xreil qilinadi), keyin orasiga gʻisht urib chiqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x