SINTETIK TILLAR

SINTETIK TILLAR (yun. synthetikos — qoʻshiluvchi, birikuvchi) — tillarning tipologik sinfi; bunda bir suz tarkibida bir qancha morfemalar (leksik, soʻz yasovchi va soʻz oʻzgartiruvchi), binobarin, leksik va grammatik maʼnolar birlashadigan, qoʻshiladigan tillar. Ularda sintetizmni — soʻz ichidagi grammatikani ifodalovchi usullarga ichki fleksiya, affiksatsiya, soʻz takrori, soʻz qoʻshish va urguni kiritish mumkin. Mas, oʻzbek tilidagi «ishchilarga» soʻz shakli sintetik holatda boʻlib, unda xam leksik (ish va chi), ham grammatik (lar va ga) maʼnolar ifodalangan. St. sintetizmning boryoʻqligi jihatidan analitik tillarga, ortiqkamligi jihatidan polisintetik tillarta. qarshi qoʻyiladi. Pekin St. b-n analitik tillar orasiga katʼiy chegara quyib boʻlmaydi, chunki St. maʼlum darajada analitik usul vositalaridan, analitik tillar esa sintetik usul vositalaridan foydalanadi. St. flektiv va agglyutinativ tillarnm oʻz ichiga oladi. Qad. yozuvli hindevropa tillaridan sanskrit, qad. yunon, lotin, kad. slavyan tillari, hoz. rus, litva, nemis tillari sof, namunali St. hisoblanadi; turkiy, moʻgʻul, som, fin-ugor tillari ham koʻplab sintetik shakllarga ega boʻlsada, ularda bir qator analitizm belgilari ham uchraydi.

Isroil Poʻlatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x