SERB-XORVAT TILI

SERB-XORVAT TILI — jan. slavyan tillaridan biri; ayrim olingan xalqqa nisbatan xorvat tili yoki serb tili deb qoʻllanishi mumkin. Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya, BosniyaGersegovinada, shuningdek, Amerika va Avstraliyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 17 mln. kishidan ortiq. Bu tilning, asosan, 3 laqjasi bor: shtokav, chakav, kaykav; ular orasidagi tafovutlar slavyanlarda x,ali yozuv boʻlmagan davrda paydo boʻlgan.

Serb-xorvat tilining unlilar tizimi choʻziq va qisqa unlilarning mavjudligi, unlilar sifatining urgʻuli hamda urgʻusiz holatlarda oʻzgarmasligi, boʻgʻin hosil qiluvchi r tovushining borligi bilan ajralib turadi. 25 ta undoshdan 20 tasi qattiq, 5 tasi yumshoq xususiyatga ega. Ismlar (ot, sifat, son, olmosh) kelishik b-n turlanadi, feʼl zamonlari murakkab tuslanish shakllariga ega; tuslanadigan va tuslanmaydigan feʼllar mavjud. Gapda soʻz tarkibi erkin. Serb-xorvat tilining lugʻat boyligida umumslavyan soʻzlar bilan birga italyan, rumin, yunon, turk, arab, fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

Hoz. adabiy Serb-xorvat tili 19-a. ning 1-yarmida shtokav lahjasi asosida yaratilgan. Adabiy tilda koʻplab fonetik, morfologik va leksik variantlar uchraydi. Adabiy til hududiy milliy xususiyatlarning majmui sifatida yashasa xam, unda xorvatcha unsurlar oʻzining barqarorligi b-n ajralib turadi.

Glagolitsa va kirillitsada bitilgan eng qad. yodgorliklar 12-a. ga mansub. Serb-xorvat tilida lotin va Kirill grafikalari asosidagi 2 alifbo teng darajada qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x