ARTON

ARTON, Abbat Arton — olxoʻri navi. Vatani Fransiya. Daraxti oʻrtacha kattalikda, tarvaqaylamay tikroq oʻsadi. Bargi oʻrtacha, nashtarsimon. Guli oq. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (45 —55 g), tuxumsimon, sirti silliq, usti gʻubor bilan qoplangan, binafsha-qizil rangda. Eti sariq, qalin, juda shirin. Eti danagidan yaxshi ajraladi. Qurgʻoqchilikka chidami oʻrtacha. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Koʻchati eqilganidan keyin 5 — 6 – yili hosilga kiradi. 10 yoshida har tupi 50 kg gacha hosil beradi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Apr. oʻrtalarida gullaydi. Navning ertagi, oʻrtagi, kechki klonlari mavjud (iyul oxiri — sent. boshida pishadi). Hoʻlligida isteʼmol etiladi, asosan, qoqi solishga moʻljallangan. Samarqand, Toshkent viloyatlarida kup ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x