ARSLON

ARSLON, sher (Panthera leo) — mushuksimonlar oilasining bir turi. Uz. 240 sm gacha (urgʻochisi kichikroq), ogʻirligi 280 kg gacha. Yuz qismi choʻziq, dumining uchida uzun qora qildan iborat popugi bor. Tanasi kalta jun bilan qoplangan, erkaklari tanasining oldingi qismi (boʻyni, koʻkragi va yuzi) dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi (jinsiy demorfizm). Rangi sargʻish, yoli qoramtir. Qad. areali Afrika (Gʻarbidan tashqari), Yevropa (Bolqon yarim oroli, ZakavkazyeArmaniston), Osiyoni (Arabiston yarim oroli, Kichik, Old va Jan. Osiyo — Sharqda Hindistongacha) oʻz ichiga olgan. Individlar soni va areali keskin kamayib ketgan, hoz. areali asosan Markaziy Afrikaning qoʻriqlanadigan hududlari va qisman Jan. Osiyodan iborat. Arslon choʻl, savanna va daryo yaqinidagi oʻrmonlarda yashaydi. Poligam, oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3 — 4 tadan bolalaydi. Homiladorlik davri 4 — 5 oy, 6 – 7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. Arslon kechasi guruh boʻlib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador Arslon odamga ham hujum qilishi mumkin. 70 yilgacha yashaydi. Arslon hamma joyda muhofaza qilinadi; hind kenja turi (P. L. persica) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x