ARPA DONI

ARPA DONI — 1) qad. ogʻirlik oʻlchov birligi. Ming dona arpaning ogʻirligi 40,9510 – g 40,9514 g boʻlgani uchun 1 dona arpaning ogʻirligi oʻrtacha 0,0409512 g ga teng, deb olingan. Ilgari mana shu ogʻirliklar boʻyicha misqol va qadoq qiymatlari aniqlangan. Shuning uchun qadimda 1 misqol q 100 Arpa doni = 4,0912 g boʻlgan. Lekin arpa qaysi zamon va qaysi oʻlkada yetishtirilganligiga qarab Arpa donining katta-kichikligi har xil boʻlgan. Shuning uchun keyinchalik 1 A. d. = 0,0453 g deb qabul qilingan. 14 – a. ga kelib esa 1 A. d. = 0,045 g boʻlgan. Hoz. vaqtda baʼzi Sharq mamlakatlarida 1 A. d. ning 0,048 g ga teng qiymati qoʻllanilmoqda. Baʼzan 1 A. d. = 0,052 g. A. d. ning forscha nomi jou, yana boshqa nomi shaʼiradir. 1 shaʼira 0,052 g ga teng deb qabul qilingan;

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x