ARZIRUM

ARZIRUM — Turkiyaning shim.sharqidagi shahar. Arzirum elining maʼmuriy markazi. Aholisi 242 ming kishi (1990). T. y. stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnchilik, mebel va metallsozlik korxonalari bor; vagon va lokomotivlar taʼmirlanadi. Un-t bor. Arzirum yaqinida temir rudasi koni topilgan. Arzirum qadimda turli davlatlar tarkibida boʻlib ketgan va har xil nom bilan atalgan. 11-a. da saljuqiylar qoʻl ostiga oʻtgach, hoz. nom bilan atalgan. 1514-y. dan Usmonlilar saltanati tarkibida. Arzirum va uning atrofi bir necha marta urush maydoni boʻlgan. Arzirumni 1829, 1878, 1916—18 y. larda rus qoʻshinlari bosib olgan. Kamolchilar inqilobi davrida, yaʼni 1919-y. dan inqilobchilarning asosiy markazlaridan biri boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x