GYUYGENS

GYUYGENS (Geygens; Huyegens) Xristian (1629.14.4 – Gaaga – 1695.8.7) niderlandiyalik fizik, mexanik, matematik va astronom. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1663), Parij FA aʼzosi va uning raisi (1665-y. dan). Leyden un-tida (1645—47) va Bred un-tida (1647—49) oʻqigan. Birinchi ilmiy ishi analitik geometriyata bagʻishlangan. Birinchi boʻlib mayatnikli soatni ixtiro qilgan (1657), uning nazariyasini yaratgan, fizik mayatnik tebranishlari qonunlarini aniqlagan, zarba nazariyasiga asos solgan. Yorugʻlikning toʻlqin nazariyasini rivojlantirgan (1678); yorugʻlikning tarqalish mexanizmini tushuntirib, uning nomi bilan ataluvchi (GyuygensFrenel prinsipi) ni ilgari surgan (1690); anizotropik muhitda nurning ikkiga ajralishini tushuntirib bergan. R. Guk bilan hamkorliqda termometrning doimiy nuqtalari — muzning erish nuqtasini va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Teleskopii takomillashtirgan; oʻz nomi bilan ataluvchi okulyar yasagan. Saturn halqalari va uning yoʻldoshi (Titan)ni kashf qilgan (1655). Gyuygens ehtimollar nazariyasiga oid dastlabki asarlardan birining muallifi (1657).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x