ANKONA

ANKONA — Italiyaning sharqiy qismidagi shahar. Ankona provinsiyasining va Marke viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 103,5 ming kishi (1990). Adriatika dengizidagi port va harbiy dengiz bazasi. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari bor. Musiqa asboblari va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Farmatsevtika sanoati mavjud. Chetga oltingugurt va asfalt chiqariladi. Baliq ovlanadi. Ankonada tarixiy yodgorliklar koʻp. Marmardan ishlangan Trayan zafar arki (115-y. dan keyin qurilgan), 12—13-a. larga oid sobor, Milliy muzey, rasmlar galereyasi bor. Balneologik kurort.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x