IONLAR (yun. ion — borayotgan, harakatlanayotgan) — zaryadlangan zarralar; atom yoki atomlar guruhi (molekulalar, radikallar va b.) elektron (yoki b. zaryadlangan zarra) qabul qilganda yo yoʻqotganda hosil boʻladi. «Ionlar» tushunchasi va terminini 1834-y. da ingliz olimi M. Faradey birinchi boʻlib tat-biq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr oʻtkazuvchanligi Ionlar harakatiga bogʻliq deb hisobladi. Eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat zaryadli Ionlar kationlar, musbat qutb (anod) ga harakatlanadigan zaryadli Ionlar anionlar deyiladi. Ionlar zaryadining kattaligi elektron zaryadiga karrali nisbatdadir: mas, atom 1, 2, 3,… elektron yoʻqotganda yoki kabul qilganda shunga mos ravishda 1, 2, 3 va h. k. zaryadli Ionlar hosil boʻladi. Elektrolit eritmasida Ionlar erituvchi b-n oʻzaro taʼsir etishi tufayli barqaror boʻladi. Ionlar mavjudligi sababli eritmalar elektr tokini oʻtkazadi (q. Elektrolitik dissotsiatsiya). Atomdan elektron ajralib, kation hosil boʻlayotganda maʼlum miqdorda energiya sarflanadi va uni atomning ionlash potensiali deyiladi. Ionlarning xossalari ularning kattaligi va elektron qobigʻining tuzilishiga, za-ryadning ishorasi hamda mikdoriga bogʻliq.
Ionlar organizmda moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Ionlar at-mosferada boʻladigan oʻzgarishlarda muhim rol oʻynaydi (q. Atmosfera elektri, Ionosfera).
Ad:Smirnov B. M., Kompleksnыye ionы, M., 1983; Krestov G. A., Termodinamika ionnыx protsessov v rastvorax, 2 izd., L., 1984.
Komil Tojiyev.