INVAZION KASALLIKLAR

INVAZION KASALLIKLAR — odam, hayvon va oʻsimliklarda eng sodda parazit jonivorlar (chuvalchang, kana va b. baʼzi boʻgʻimoyoqlilar) qoʻzgʻatadigan kasallik. Ayrim parazitlar oʻz rivojlanishining maʼlum bir bosqichida, boshqalari esa butun hayoti davomida xoʻjayin (odamda — antroponozlar, hayvonlarda — zoonozlar) organizmda parazitlik qilib Invazion kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Parazitlar xoʻjayin organizmiga zararlangan teri (aktiv) va oziq-ovqat orqali (passiv) kiradi. Odamlarda uchraydigan Invazion kasalliklarga gelmintozlar, protozoozlar (qoʻzgʻatuvchisi sodda parazitlar; mas, amyobiaz), akarozlar (qoʻzgʻatuvchisi kana; qoʻtir), entomozlar (parazit hasharotlar qoʻzgʻatadigan bitli-qilik) kiradi. Asosan, askaridoz, bezgak, toksoplazmoz, trixomonoz, enterobioz va b. koʻp kuzatiladi.

Hayvonlarda uchraydigan Invazion kasalliklarga gelmintozlar, protozoozlar (babezioz, konsidiozlar va b.), araxnozlar, entomozlar kiradi. Invazion kasalliklar chorva mahsuldorligini pasaytiradi, baʼzan hayvonlar oʻlimiga sabab boʻladi, natijada chor-vachilikka katta zarar yetkazadi.

Ayrim Invazion kasalliklar (trixinellyoz, sistitserkoz) odam uchun xavfli, bu kasalliklar b-n zararlangan mollar goʻshtini isteʼmol kilishga ruxsat etilmaydi.

Kurash choralari qoʻzgʻatuvchi biologiyasiga qarab tayinlanadi, turli dori-darmonlar, degelmintizatsiya, dezinseksiya, kanalarga qarshi vositalar qoʻllaniladi.

Oʻsimliklar I. k. orasida bugʻdoy nematodasi va lavlagi nematodasi qoʻzgʻatadigan kasalliklar koʻproq Tapkalgan (q. Nematodalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x