ILONBURGUT

ILONBURGUT (Circaetus gallicus) — yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaylar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 67—72 sm, vazni 1,5—2 kg. Tanasining ustki tomoni xira qoʻngʻir, ostki tomoni oqish, yirik qoʻngʻir xollari bor. Koʻzlari sariq va yirik.

Yevropa, Osiyo va Shim. Afrikada uch-raydi. Oʻzbekistonda daraxt va qoyalarga uya quradi. Bitta oqtuxum qoʻyadi. Urgʻochisi 45 kun tuxum bosadi. Joʻjasi 70—90 kunda uchirma boʻladi. Ozigʻining asosiy qismini har xil ilonlar, kaltakesaklar tashkil etadi. Noyob tur boʻlgani uchun Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x