IYEZUITLAR (lot. «Societas Jesu» — «Iso jamiyati») — katoliklar monaxlik ordeni aʼzolari. Bu jamiyatni 1534-y. da mayda ispan dvoryani Ignatiy Loyola Parijda tuzgan va 1540-y. papa Pavel III tomonidan tasdiklangan. U oʻz oldiga katolitsizmni himoya qilish va yoyish, papalik hokimiyatini mus-tahkamlash vazifasini qoʻydi, kontr-reformatsiyanit asosiy quroli boʻlib qoldi. Iezuitlar faqat Yevropa davlatlarida emas, Hindiston, Yaponiya, Xitoy, Filippinda ham tarqaldi. 1610—1768-y. larda Paragvayda «Iezuit davlati» mavjud boʻldi. Iezuitlar ordenining asosiy tamoyillari: katʼiy markazlashish, mavqeiga qarab kichiklarning kattalarga soʻzsiz boʻysunishi, orden boshligʻining mutlaq nufuzi. Iezuitlar qar qanday jinoyatni, agar u xudo yoʻlida qilingan boʻlsa, oklaydi. 20-a. da Iezuitlar klerikalizminng yetakchi guruhiga aylandi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые