JARQOʻRGʻON — Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1973). Tuman markazi. 1951-y. da shaharcha sifatida tashkil etilgan. Viloyat markazi — Termizdan 42 km shim. da. Yaqin t. y. stansiyasi — Jarqoʻrgʻondan 2 km. Surxon daryosining oʻng sohilida, 350 m balandlikda joylashgan. Shahar orqali Zang kanali oqib oʻtadi. Aholisi 20,5 ming kishi (2000). Jarqoʻrgʻon nomi qadimda jar yoqasida joylashgan qoʻrgʻon nomidan kelib chiqqan. 8—12-a. larda Jarqoʻrgʻon oʻrnida Charmangan (Sarmangan) sh. boʻlib, arab-fors geografik adabiyotlarida koʻp tilga olingan. 8-a. da arablar, 10-a. da gʻaznaviylar, 11-a. da saljuqiylar, 12-a. 1-yarmida Bomiyon gʻuriylari, 13-a. boshlarida xorazmshohlar qoʻlida, 13-a. oʻrtalarida Chigʻatoy ulusiga kirgan. Oʻsha davrlarda Jarqoʻrgʻon (Charmangan) mavqei jihatidan Termiz sh. dan keyin 2-oʻrinda boʻlgan. Geografik oʻrnining qulayligidan Jarqoʻrgʻon qadimdan muhim xoʻjalik markazi boʻlib kelgan. 1929-y. dat. y. oʻtkazilishi, 30-y. larda bir necha neft konining ochilishi Jarqoʻrgʻon xoʻjaligining tez oʻsishiga sabab boʻldi. Shahar atrofidan neft qazib olinadi. Paxta tozalash, qurilish materiallari z-dlari, «Jarqoʻrgʻon-neft» kon boshqarmasi, neft-kon mashinalarini taʼmirlash ustaxonalari, tikuvchilik f-kasi, avtotransport korxonasi, yoqilgʻi saqlash, q. x. mahsulotlarini qabul qilish omborxonalari mavjud. Jarqoʻrgʻonda maʼmuriy, savdo va madaniy muassasalar, kasalxona, ambulatoriya, oʻrta maktablar, xalq teatri, kutubxona, aloqa boʻlimi, stadion, istirohat va madaniyat bogʻi faoliyat koʻrsatadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии