JANUBIY AFRIKA — Afrikalati tabiiy oblast. Kongo-Zambezi suvayirgʻich platosidan jan. da. Mayd. 5 mln. km2 atrofida. Gʻarbdan Atlantika, sharqdan Hind okeanlari oʻrab turadi. Janubiy Afrikada Afrikaning deyarli hamma landshaft tiplari kichraytirilgan masshtabda takrorlanadi, shuning uchun uni baʼzan Kichik Afrika deb ham atashadi. Geologik jihatdan Afrika platformasining bir qismi. Baland yerlarida kembriygacha paydo boʻlgan kristall va paleozoy intruziv jinslari yer yuzasiga chiqib yotadi. Kalaxari botigʻi paleogen jinslari bilan qoplangan. Jan. qismi gersin burmalanishida vujudga kelgan. Janubiy Afrika zaminida qazilma boylik koʻp, ulardan oltin, uran, kalay, marganes, mis, xromit, asbest, olmos va b. sanoat ahamiyatiga ega. Perm davri yotqiziklarida katta toshkoʻmir konlari bor. J. A. ning markaziy qismi 900—1000 m li baland tekislik, chekkalari asosan 1500—2800 m li plato b-n oʻralgan, okeanga tomon tik tushgan va ancha baland (Tabana-Ntlenyana togʻi, 3482 m). Eng jan. Kap togʻlaridan iborat. Yirik daryolari: Zambezi, Limpopo, Oranj va Kunene. Janubiy Afrika ekvatorial, tropik, subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Yogʻin kam yogʻadigan barg toʻkuvchi siyrak oʻrmonlar, turli tipdagi savanna va choʻllar, eng jan. qismida subtropik doim yashil oʻrmonlar bor. Janubiy Afrikada quyidagi davlatlar joylashgan: Botsvana, Zimbabve, Lesoto, Namibiya, Svazilend, JAR, qisman — Angola, Zambiya, Malavi va Mozambik; orollardan — Komor orollari, Madagaskar, Mavrikiy, Seyshel o. lari, Fransiya mulki boʻlgan — Reyunyon.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые