JAHON SOBORLARI

JAHON SOBORLARI — xristian cherkovi oliy ruhoniylari yigʻilishlari. Ularda diniy taʼlimot va diniy marosim tizimi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, kanonik meʼyorlar hamda ibodat qilish qoidalari shakllantirilgan, ilohiyotdagi turli konsepsiyalarga baho berilgan, bidʼatchilikka qarshi kurash usullari belgilangan. Pravoslav cherkovi dastlabki 7 ta Jahon soborlarini (4—8-a. lar) vakolatli boʻlgan deb hisoblaydi. Xristianlik cherkovi pravoslaviye va katolitsizmga ajralgan (1054-y.)dan keyin Rim papalari 12-a. dan boshlab katolik cherkovi oliy ruhoniylari yigʻilishlarini qaytadan tikladi va ularni yana J. s. nomi bilan atay boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x